Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng ko‘lamda imkoniyat yaratish borasida Samarkand viloyatida 2023-yil
16-dekabr kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Axmedov Baxodir  Majidovich tomonidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Baxodir Axmedov tomonidan yoshlarga yuqori mativatsiya berilib, kelajakdagi rejalari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishliklari xususida takliflar berildi.

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan folklor-etnografik jamoalarning yangi repertuarlarini yaratish, unda xalqimizning tarixi, qadriyat va ananalarini kelajak avlodga yetkazish xalq jamoalarining asosiy vazifasi ekanligi takidlandi.

Viloyatidagi madaniyat bo’limlari va madaniyat markazlari 2023-yil davomida ommaviy bayramlar va turli madaniy tadbirlar tashkil etishda faol ishtirok etgani uchun madaniyat bo’limlari rahbarlari vazirlik «Faxriy yorliq» lari bilan taqdirlandi

By Admin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan