O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2022 yil 2-fevraldagi PQ – 112-sonli qarori 6-bandi ijrosini ta’minlash hamda milliy maqom san’atini keng ommaga namoyish etish maqsadida 2022 yil 25-28- noyabr kunlari Toshkent shahrida “Yosh maqomchilar” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda Kattaqo‘rg‘on shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabining an’anaviy xonandalik va sozandalik sinfi o‘quvchisi Abdulmanov Umidjon respublika bosqichida ishtirok etib diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.