2022 yil 8 –iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabining «Yangi O‘zbekiston –Inson qadri ulug‘langan yurt « deb nomlangan hisobot konserti bo‘lib o‘tdi hamda joriy o‘quv yilida 105-nafar bitiruvchi o‘quvchilar maktabni bitirganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar bilan taqdirlandilar. Konsertda Madaniyat boshqarmasi ,shahar hokimligi vakillari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Konsertda mehmon san’atkorlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Abdullayeva , «Nihol » mukofoti sovrindori Malika Akmaljonovna va qiziqchi Akula teleloyiha asoschisi Nodir Xayitovlar ishtirok etdilar. Namunali ishlagan o‘qituvchilar Madaniyat boshqarmasi va shahar hokimining tashakkurnomasi hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.