2024-yil 28-may kuni Kattaqo’rg’on shahar Drama teatrida Samarqand viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Kattaqo’rg’on shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabining 2023-2024-o’quv yili yakuni bo’yicha hisobot konserti bo’lib o’tdi. Hisobot konsertda sobiq maktab bitiruvchisi,Toshkent davlat konservatoriya talabasi,»Nihol » mukofoti sovrindori Malika Akmaljonova hamda taniqli so’z ustasi Ortiq Sultonovlar mehmon sifatida tashrif buyurishib,o’z chiqishlari bilan hammani hushnud etishdilar.