2024- yil 16- aprel kuni Samarqand shahar 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabining 1-toifali fortepyano sinfi o‘qituvchisi Ibragimova Sarvinoz Akramjonovna o‘z o‘quvchilari bilan tayorlagan konsert dasturini Kattaqo‘rg‘on shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabida namoish etishdi hamda uchrashuv yakunida maktabning fortepiano bo‘limi o‘qituvchilari bilan sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Konsertda ishtirok etgan Samarqand shahar 3-son BMSM o‘qituvchisi va o‘quvchilariga maktab ma’muriyatining tashakkurnomalari topshirildi.Ushbu ijodiy uchrashuv va hamkorlikni tashabbuskori 3-son BMSM direktori Ismoil Xaydarovichga 2-son BMSM ma’muriyati o‘z minnatdorchiligini bildirdi.