2022 yil 8 –iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabining   “Yangi O‘zbekiston –Inson qadri ulug‘langan yurt “ deb  nomlangan hisobot  konserti bo‘lib o‘tdi hamda joriy o‘quv yilida 105-nafar bitiruvchi o‘quvchilar  maktabni bitirganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar bilan taqdirlandilar. Konsertda Madaniyat boshqarmasi ,shahar hokimligi  vakillari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Konsertda mehmon san’atkorlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Abdullayeva , “Nihol ” mukofoti  sovrindori  Malika Akmaljonovna va qiziqchi Akula  teleloyiha asoschisi Nodir Xayitovlar ishtirok etdilar. Namunali ishlagan o‘qituvchilar Madaniyat boshqarmasi va shahar hokimining tashakkurnomasi hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

By Admin

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *