» Davlat  xavfsizlik  xizmati  kubogi- 2024″ Kattaqo’rg’on  shahrida

» Davlat xavfsizlik xizmati kubogi- 2024″ Kattaqo’rg’on shahrida

 

                     

Kattaqo’rg’on shahrida  «DХХ kubogi-2024» musobaqasining qizlar o’rtasidagi bahslariga start berildi.  Ushbu musobaqaga tashrif buyurgan mehmonlarni Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Kattaqo’rg’on  shahar  2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi doira sinfi o’quvchilari doira sadolari ostida kutib oldilar.Tadbirni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i A.Axmedov ochib berib, kattaqo’rg’onlik yoshlarning sportda erishgan yutuqlari haqida to’xtalib o’tdi hamda ushbu musobaqada ishtirok etayotgan qizlarga omad va zafarlar tiladi. Shuningdek , ushbu tadbirda viloyat prokurori M.Eshnazarov, Kattaqo’rg’on shahar hokimi,senator G.Alimova , sektor rahbarlari va Kattaqo’rg’on  yoshlari ishtirok etdilar.

Comments

No comments yet. Why don’t you start the discussion?

Fikr bildirish