Posted inBusiness E'lonlar Elektron kutubxona
025-yil 21-fevral kuni Samarqand viloyati Madaniyat Boshqaramasi tasarrufidagi Kattaqo’rg’on shahar 2-son BMSMda Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi Fortepiano kafedrasi boshlig’i, katta o’qituvchisi mahoratli pedagog Soldatova Galina Yevgenevna tomonidan o’zaro malaka almashinuvi hamda mahorat darslari bo’lib o’tdi. 🎶Mahorat darsi davomida o’quvchilarning ijro va texnik qobiliyatlarini oshrish yo’llari, ijroda badiiylikni yo’naltirish usullari haqida tushuncha berildi. 🎹2-son BMSM Fortepiano bo’limi o’qituvchilari mahorat darsida faol ishtirok etib o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. O’quvchilar tomonidan turli musiqiy janrdagi asarlar ijro etildi. 📃Tadbir yakunida ustoz Soldatova Galina Yevgenevnaga 2-son BMSM ma’muriyati tomonidan Tashakkurnoma hamda esdalik sovg’asi topshirildi.
025-yil 21-fevral kuni Samarqand viloyati Madaniyat Boshqaramasi tasarrufidagi Kattaqo'rg'on shahar 2-son BMSMda Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan…