2024-yil 4-dekabr kuni Kattaqo’rg’on shahar 2-son BMSM Fortepiano bo’limida 1-sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan
«Quvnoq notalar» deb nomlangan konsert dasturi bo’lib o’tdi.Konsertda musiqa maktabiga ilk qadam qo’ygan 1-sinf o’quvchilarining qisqa vaqt ichida egallagan bilimlarini va cholg’udagi asarlar ijrosini namoyish etdilar. Tadbir davomida jajji ijrochilar juda katta tassurotga ega bo’ldilar. Kelajakda yanada yuqori natijalarga erishishlari uchun maktab ma’muriyati tomonidan o’quvchilarga ijodiy yuksalishlar va iliq tilaklar bildirildi.