» XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ «

» XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ «

                     

9 may –» Xotira va qadrlash» kuni munosabati bilan tadbirlar  tashkil etildi. Bugun shahrimizdagi Birodarlik qabristonida o’tkazilgan xotirlash tadbirida shahar hokimligi, idora va tashkilotlar, taʼlim muassasalari, mehnat faxriylari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.Tadbir avvalida oʻtganlar ruhiga qurʼon tilovat qilindi.  Bugungi tinch va osuda kunlar uchun jonini fido qilganlar xotirasi yodga olinib, Birodarlik qabristoniga gul qo’yish marosimi o’tkazildi.O‘tkazilgan ushbu tadbirda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Kattaqo‘rg‘on shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabining damli va zarbli cholg‘u sozlar bo‘limi o‘quvchilaridan tashkil topgan orkestr jamoasi hamda pedagoglar jamoasi faol ishtirok etishdi.

Comments

No comments yet. Why don’t you start the discussion?

Fikr bildirish