Kattaqo’rg’on shahrida «DХХ kubogi-2024» musobaqasining qizlar o’rtasidagi bahslariga start berildi. Ushbu musobaqaga tashrif buyurgan mehmonlarni Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Kattaqo’rg’on shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi doira sinfi o’quvchilari doira sadolari ostida kutib oldilar.Tadbirni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i A.Axmedov ochib berib, kattaqo’rg’onlik yoshlarning sportda erishgan yutuqlari haqida to’xtalib o’tdi hamda ushbu musobaqada ishtirok etayotgan qizlarga omad va zafarlar tiladi. Shuningdek , ushbu tadbirda viloyat prokurori M.Eshnazarov, Kattaqo’rg’on shahar hokimi,senator G.Alimova , sektor rahbarlari va Kattaqo’rg’on yoshlari ishtirok etdilar.