“Tasviriy san’at yo’nalishi” bo’yicha o’quv uslubiy seminar

“Tasviriy san’at yo’nalishi” bo’yicha o’quv uslubiy seminar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi bolalar musiqa va san’at maktablari o’qituvchilarining navbatdagi o’quv-uslubiy seminari “Tasviriy san’at yo’nalishi” bo’yicha Pastdarg’om tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo’lib o’tdi. Ushbu  o’quv-uslubiy  seminarda   Samarqand  viloyati  Madaniyat  boshqarmasi  tasarrufidagi  Kattaqo’rg’on   shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi   tasviriy san’at  sinfi o’qituvchilari  ishtirok  etdilar.Samarqand viloyati direktorlar kengashi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mazkur o’quv-uslubiy seminardan ko’zlangan asosiy maqsad sohada faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarga zamonaviy yangi pedagogik tehnologiyalardan foydalanish, dars o’tishning yangicha uslublarini yaratish, o’qituvchilarning mahoratini yanada oshirishdir. Bundan tashqari seminarda tajribali o’qituvchilar tomonidan “Ochiq dars”lar va “Mahorat dars”lari namoyish etildi.Tadbir so’nggida “Tasviriy san’at yo’nalishi”da erishilgan yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib ,istiqboldagi strategik rejalar asosida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Comments

No comments yet. Why don’t you start the discussion?

Fikr bildirish