2024 yil 6-dekabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, tashkilot va muassasalar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar va harbiylar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova barchani ushbu qutlug‘ kun bilan muborakbod etdi va Bosh qomusimizning yurtimiz taraqqiyoti va aholini farovonlikda yashashlari yo‘lidagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Tadbir Kattaqo‘rg‘on shahar 2-son BMSM o‘quvchi va o‘qituvchilarining kuy va qo‘shiqlari, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari bilan davom etdi.