Kattaqo’rg’on shahrida 15-may – » Xalqaro oila kuni » munosabati bilan » Yangi O’zbekistonning ibratli oilasi» nomli ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Tadbirda shahar prokurori Ismoil Nuriddinov so’zga chiqib, oilani mustahkamlash , farzand tarbiyasida ota-onalarning ma’suliyatli ekanligi haqida so’z yuritdi. Ushbu tadbirda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Kattaqo’rg’on shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabining «Iftixor » O’zbek xalq cholg’u sozlar orkestri tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etildi.